» » Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada rossiyalik mayor Bordov halok bo‘lganligini tasdiqladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada rossiyalik mayor Bordov halok bo‘lganligini tasdiqladi


Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada rossiyalik harbiy maslahatchi mayor Sergey Bordov halok bo‘lganligini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mayor jangarilarning hukumat qo‘shinlari harbiy gornizoniga hujum qilishi oqibatida halok bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Bordov terrorchilarning turar-joy shaharchasiga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymagan. U vafotidan so‘ng davlat mukofoti bilan taqdirlanish uchun ko‘rsatilgan.

“Harbiy xizmatchi rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhi tarkibida bo‘lib, Suriya qo‘shinlari bo‘linmalaridan birini tayyorlash vazifasini bajarayotgan edi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Reuters agentligi Suriyada rossiyalik mayor Sergey Bordov halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют