» » Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmay qolgan fuqarolar charter reyslar orqali ish joylariga qaytarildi

Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmay qolgan fuqarolar charter reyslar orqali ish joylariga qaytarildi


Koreya Respublikasidan O‘zbekistonga mehnat ta’tiliga kelib, pandemiya sababli ish joyiga qaytolmagan 31 nafar fuqaro Koreyaga charter reys orqali jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Agentlik xabarida aytilishicha, pandemiya sababli mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlarning vaqtincha to‘xtatilishi oqibatida Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan ko‘plab fuqarolar ish joyiga qaytib keta olmagan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan o‘zaro muzokaralar natijasida mehnat ta’tiliga kelgan fuqarolardan 31 nafari charter reys bilan Koreyadagi o‘z ish joyiga jo‘natilgan.

Pandemiya tufayli dunyo mehnat bozorida yuzaga kelayotgan inqirozli vaziyatda fuqarolarning xorijdagi ish joylarini saqlab qolish maqsadida olib borilgan ikki tomonlama muzokaralar natijasida o‘zbekistonliklarning Koreya Respublikasiga kirib borishi uchun qator qat’iy talablar qo‘yilgan. Xususan, mazkur davlat hududiga kirishdan oldin Koreyada o‘zi yoki ish beruvchisi hisobidan 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo‘yicha rozilik bitimini tuzish, O‘zbekistonda belgilangan tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim. Shuningdek, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan fuqaroning rozilik bitimida ko‘rsatilgan o‘zini o‘zi yakkalash joyi o‘rganiladi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqarolar tomonidan o‘zini o‘zi yakkalash joyi karantin qoidalariga to‘g‘ri kelgan taqdirda ularga Koreya Respublikasiga kirish uchun ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, Koreya Respublikasidagi epidemiologik vaziyat tufayli ishchi vizasiga ega fuqarolarning mamlakatga kirib borishida cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lib, har bir charter reysda yo‘lovchilar soni 60 nafardan oshmasligi belgilangan.

Fuqarolarning Koreya Respublikasida karantinda bo‘lishi bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotlari Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o‘rganilganda, ularning ayrimlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, o‘zini o‘zi yakkalash joyi belgilangan talablarga javob bermasligi, ish joyiga qaytish va o‘zini o‘zi yakkalash masalalari ish beruvchilar bilan kelishilmagani yoki migratsiya qonunchiligini buzganligi sababli ba’zi fuqarolarga mamlakatga kirib borishga rad javobi berilgan.

Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, 52 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Koreya Respublikasiga ishga jo‘natilgan. Shundan 14 mingdan ortig‘i ayni paytda ushbu mamlakatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют