» » Quyiсhirchiqlik ayolning uyidan 2,5 mln so‘m o‘g‘irlab, uning Artel televizorini sindirib ketgan shaxs ushlandi

Quyiсhirchiqlik ayolning uyidan 2,5 mln so‘m o‘g‘irlab, uning Artel televizorini sindirib ketgan shaxs ushlandi


Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 25-maydan 26-mayga o‘tar kechasi 30 yoshli ayolning uyiga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 25-mayidan 26-mayiga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Quyi Chirchiq tumani Do‘stobod shahrida yashovchi 30 yoshli ayol Sh.A.ning uyiga darvoza orqali g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kirib, uning 2,5 million so‘m pulini o‘g‘irlagan. Shuningdek, mazkur shaxs ayolning narxi 3 million so‘m bo‘lgan Artel televizorini noma’lum jism bilan urib sindirib, yaroqsiz holatga keltirgan va hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 32 yoshli P.U. sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishi bo‘yicha P.U. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют