» » Germaniya Kubogi. “Bavariya” “Ayntraxt”ni mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi

Germaniya Kubogi. “Bavariya” “Ayntraxt”ni mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogi yarim finalida “Bavariya” 10-iyun, chorshanba kuni “Ayntraxt”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Ivan Perishich myunxenliklarni oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Danni da Koshta frankfurtliklarning chiroyli hujumini gol bilan yakunladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Robert Levandovski yana hisobni mezbonlar foydasiga o‘zgartirdi.

Shu tariqa mazkur g‘alabadan keyin “Bavariya” final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda Myunxen klubi 4-iyul kuni “Bayer” bilan o‘ynaydi. Leverkuzenliklar “Saarbryuken”dan ustun kelgandi (2:0).

Germaniya Kubogi

Yarim final bahsi

10-iyun, chorshanba

Gollar: 1:0 – 14 Perishich, 1:1 – 69 da Koshta, 2:1 – 74 Levandovski.

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Goretska (Martines, 86), Devis, Koman (Alkantara, 61), Perishich (Lyuka Ernandes, 61), Levandovski, Myuller.

“Ayntraxt”: Trapp, Ture (da Koshta, 66), Abraham, Ndika, Chendler, Rode, Ilzanker (Torro, 77), Gachinovich (Kamada, 66), Kor (Dost, 77), Xinteregger, Andre Silva.

Ogohlantirishlar: Perishich (44), Andre Silva (88), Lyuka Ernandes (90+3), Xinteregger (90+3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют