» » Kanadada 12 yoshli bola otasining to‘pponchasidan tengdoshini otib qo‘ydi

Kanadada 12 yoshli bola otasining to‘pponchasidan tengdoshini otib qo‘ydi


Kanadaning Manitoba provinsiyasidagi Garden-Xill hindular qishlog‘ida bola tengdoshini to‘pponchadan otib qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 11 va 12 yoshdagi uch nafar bola birlarining uyidan qurol topib oladi. To‘pponchani o‘ynab turib, 12 yoshli bola o‘zidan bir yosh kichik o‘rtog‘ini otib qo‘ydi.

Fojiadan keyin politsiya o‘q otgan bola va uning otasini qo‘lga oldi. Bolaga quroldan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, otasiga esa qurolni qoidalarga muvofiq saqlamaganlik ayblari qo‘yildi.

Ular sud qaroriga qadar ochiqlikka qo‘yib yuborildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют