» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 11 nafarga, Janubiy Koreyada esa 45 nafarga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 11 nafarga, Janubiy Koreyada esa 45 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 11 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 4 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan. Mamlakatda umumiy hisobda 83 057 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 361 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 62 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 4 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 129 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 45 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 947 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, kasallanganlarning 40 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 5 nafari chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 43 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 654 nafarga yetdi. Kasallikdan yana ikki kishi vafot etib, qurbonlar soni 276 kishiga yetdi.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha qariyb 1,06 millionta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют