» » UFC 251 musobaqasi juftliklari ma’lum bo‘ldi. Unda uchta chempionlik jangi o‘tkaziladi (foto)

UFC 251 musobaqasi juftliklari ma’lum bo‘ldi. Unda uchta chempionlik jangi o‘tkaziladi (foto)


Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da 11-iyul kuni UFC 251 musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kechaning asosiy jangi yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usmon va Gilbert Byorns o‘rtasida kechadi. Byorns 31-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC on ESPN 9 musobaqasida o‘rta vazn sobiq chempioni Tayron Vudlini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Musobaqaning yana bir markaziy to‘qnashuvi yarim yengil vazn toifasining amaldagi chempioni Aleksandr Volkanovski va sobiq chempion Maks Holluey o‘rtasidagi revansh bo‘ladi. Birinchi to‘qnashuv 2019-yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan va unda Volkanovski kamarni Hollueydan tortib olgandi. O‘sha jangda avstraliyalik jangchi ketma-ket 18-g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Hollueyning 13 jangdan iborat g‘alabali seriyasiga yakun yasalgandi.

UFC 250 da yana bir chempionlik jangi o‘ta yengil vazn toifasi vakillari Petr Yan va sobiq chempioni Joze Aldo o‘rtasida kechadi. Mazkur vazn toifasi chempioni Genri Sehudo UFC’ni tark etishini e’lon qilgach, chempionlik kamari egasiz qolgandi.

Shu tariqa musobaqada uchta chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek UFC 250 asosiy kardidan ayollar o‘rtasidagi ikki jang ham o‘rin oldi:

Jessika Andrade — Rouz Namayunas

Amanda Ribas — Peyj Vanzant



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют