» » O‘zbekistonlik yana bir sportchi UFC’da debyut qiladi. Uning raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik yana bir sportchi UFC’da debyut qiladi. Uning raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


Toshkent vaqti bilan 14-iyun tongida Las-Vegas shahrida (Nevada shtati, AQSh) UFC o‘zining navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi.

E’tiborlisi unda o‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev ham ishtirok etadi. Zarruh UFC bilan shartnoma imzolagan. U UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. MMA’dagi natijasi esa shunday: to‘rtta jang, uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat. Samarqandlik 27 yoshli sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Adashevga ushbu jangda tarjibali sportchi Tayson Nem raqiblik qiladi. Amerikalik jangchi hozirgacha MMA’da 30 ta jang o‘tkazgan, shulardan 18 tasida g‘alaba qozongan, 11 tasida mag‘lub bo‘lgan va bitta jangida durang qayd etilgan.

Shu tariqa UFC promoushenida o‘zbekistonlik sportchilar ikki nafarga yetdi. Nufuzli tashkilot bilan o‘zbekistonliklar ichida birinchi bo‘lib Mahmud Murodov shartnoma imzolagandi. Murodov UFC’da ikkita jang o‘tkazib, ularning ikkitasida ham g‘alaba qozondi.

UFC on ESPN 10 musobaqasining asosiy jangi esa Jessika Ey hamda Sintiya Kalvillo o‘rtasida kechadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют