» » Samyuel Eto’O: Xavi “Barselona”ga futbol dahosi o‘ynayotgan vaqtda qaytishi kerak

Samyuel Eto’O: Xavi “Barselona”ga futbol dahosi o‘ynayotgan vaqtda qaytishi kerak


“Barselona” sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavini katalon klubiga yangi ustoz qilib belgilash haqida gapirdi.

“Men Xaviga nima bo‘lgan taqdirda ham “Barselona”ga qaytishi kerakligini va buni futbol dahosi — Lionel Messi o‘ynayotgan vaqtda qilish zarurligini aytganman.

Ular birgalikda o‘ynagan, shu bois bu borada Xaviga boshqalarga qaraganda osonroq bo‘ladi”, — deydi Eto’O.

Ma’lumot uchun, Samyuel Eto’O 2004—2009-yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan. Xavi esa “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 1998—2015-yillar davomida katalon klubining asosiy o‘yinchisi bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют