» » AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshib ketdi


AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShga hozirga qadar COVID-19 oqibatida 112 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sabab davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida aniqlanmoqda. AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning ma’lum qilishicha, hukumat norozilik namoyishi boshlanganidan beri ikki hafta davomida yangi kasallanish holatlari o‘smayotganini qayd etmoqda. Uning ta’kidlashicha, namoyish ishtirokchilarining aksariyati niqobdan foydalanmoqda va iloji boricha ijtimoiy masofalanishga rioya qilyapti.

Universitet ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 7,3 million kishidan oshgan. Kasallar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda AQSh (jami kasallarning 27 foizi) ketmoqda. Ikkinchi o‘rindan — Braziliya (740 ming bemor) o‘rin olgan bo‘lsa, Rossiya 493 ming kasallanish holati bilan uchinchi pog‘onada ketmoqda. Ularning ortida Buyuk Britaniya (291 mingdan ortiq) va Hindiston (276 ming) joy olgan.

8-iyun kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21-mayda 5 milliondan, 31-mayda esa 6 milliondan oshib ketgani xabar qilingan edi. 8-iyun kuni butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют