» » Xitoyning OPPO kompaniyasi ingichka Reno4 smartfonlari lineykasini taqdim etdi

Xitoyning OPPO kompaniyasi ingichka Reno4 smartfonlari lineykasini taqdim etdi


Xitoyning OPPO kompaniyasi noodatiy katta obyektiv va tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega yangi Reno4 smartfonlar lineykasini taqdim etdi, deb xabar beradi Gsmarena.

Reno4 modeliga 6,43 dyuymli Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi ekran o‘rnatilgan bo‘lib, ikkita frontal kameraga ega — 32 va 2 megapikselli. Reno4 Pro versiyasiga esa diagonali 6,55 dyuymga teng yonlari egilgan displey o‘rnatilgan bo‘lib, 21 megapikselli frontal kameraga ega.

Ikkala smartfonda ham 5G aloqa tarmog‘ini “ko‘tara oladigan” Snapdragon 765G protsessori o‘rin olgan. Tezkor xotirasi 8 yoki 12 gigabaytgacha, ichki xotirasi esa 128/256 gigabaytga teng. Qurilmaning avtonomligiga 4000 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator javob beradi. U 65 vattli tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega.

Smartfonning tashqi ko‘rinishida kameralar alohida ajralib turadi. Asosiy blokda uchta kamera obyektivi va kichkina qo‘shimcha datchik joylashgan. Reno4 Pro’ga esa optik barqarorlashtirgichga ega 48 megapikselli asosiy kamera, 12 megapikselli ultra keng o‘lchamli modul va besh karra yaqinlashtirish hamda 20 barobarli gibrid zumga ega 13 megapikselli telefoto o‘rnatilgan.

Kichik versiyaning asosiy kamerasi ham 48 megapikselga teng. Keng o‘lchamli kamerasi esa 8 megapikselni tashkil etadi, shuningdek, kadr chuqurligini o‘lchovchi qo‘shimcha modul ham bor. Reno4 modelining qalinligi 7,8 millimetrga, og‘irligi 183 grammga teng. Reno4 Pro esa — 7,6 millimetr va 172 gramm.

Yangi modellarning rasmiy narxi:

Mavzuga doir: Vivo kuchli kameraga ega X50 lineykasini taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют