» » “Borussiya D” Jeydon Sanchoning transfer narxini ma’lum qildi

“Borussiya D” Jeydon Sanchoning transfer narxini ma’lum qildi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor yarim himoyachi Jeydon Sanchoni sotib olishni istagan klublardan katta miqdordagi mablag‘ talab qilmoqda.

The Telegraph nashriga ko‘ra, nemis klubi 20 yoshli futbolchining narxini 115 million funt etib belgilagan.

Sancho uchun kurashda “Manchester Yunayted” favorit hisoblanadi, biroq “qizil iblislar” hozirgi (koronavirus bilan bog‘liq) vaziyatni hisobga olib, bunday katta miqdordagi pulni to‘lashdan cho‘chimoqda.

“Manchester Yunayted” transfer rejalari to‘g‘risida Premyer Liga tiklanganidan so‘ng klubning ixtiyorida qaysi futbolchilar borligi aniq bo‘lganidan keyingina qaror qabul qilmoqchi.

Mavzuga doir:

Avvalroq “Real” ham Sanchoga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Sancho joriy mavsumda Germaniya chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 16 ta golga hammualliflik qilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют