» » Italiyalik virusolog koronavirus zaiflashayotganini ma’lum qildi

Italiyalik virusolog koronavirus zaiflashayotganini ma’lum qildi


Italiyalik virusolog, Milandagi Vita-Salute San Raffaele universiteti prorektori Massimo Klementi kuzda COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuz bermasligi mumkinligini bildirdi. U bu haqda u “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Agar virus virulentligi (kasal yuqtirish, tarqatish xususiyati) biz o‘ylagimizdek asta-sekin kamaysa, bu yilgi qishda yuzaga kelgan vaziyat takrorlanmaydi”, — deydi virusolog kuzda pandemiyaning ikkinchi to‘lqini kelishi ehtimoli haqidagi savolga javoban.

Uning aytishicha, ikkinchi to‘lqinning bo‘lmasligini San-Raffaele kasalxonasida Klementi boshchiligida mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar guvohlik bermoqda.

Tadqiqot davomida olimlar 1-martdan 15-martgacha kasalxonaga qabul qilingan 100 nafar bemorni, shuningdek, may oyining ikkinchi yarmida kasalxonaga yotqizilgan 100 bemorni taqqoslagan. Natijada mutaxassislar epidemiyaning dastlabki bosqichida virus yuki (virusli infeksiyaning o‘lchov birligi bo‘lib, muayyan hajmidagi biologik suyuqlikdagi virus zarrachalari sonini baholash orqali hisoblanadi) may oyi oxiriga qaraganda o‘n baravar ko‘p bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

Klementining fikricha, so‘nggi vaqtlarda virus yukining kamayishi bilan kasallanish holati darajasi ham yaxshilanib bormoqda. Bu esa, ekspertning ta’kidlashicha, koronavirusning o‘zi ham zaiflashib borayotganini bildiradi. “Hozircha biz buni to‘liq ishonch bilan ayta olmaymiz, ammo, katta ehtimol bilan aynan shunday”, — deya qo‘shimcha qilgan professor.

Olimning ta’kidlashicha, virusning zaiflashayotgani haqidagi xulosani unga epidemiyaning turli bosqichlarida bo‘lgan bir qator mamlakatlardan kelayotgan ma’lumotlar ham tasdiqlamoqda.

Uning taxminicha, yangi koronavirus tez orada shu qadar zaiflashadiki, “boshqa koronaviruslar singari odamlarda faqat oddiy nafas olish yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradi xolos”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Sog‘liqni saqlash oliy instituti prezidenti Silvio Bruzaferro koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qilgandi. Buyuk Britaniya ekspertlari esa karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning ikkinchi to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi prognoz qilingan.

Mavzuga doir: JSST vakili pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkinligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют