» » “Barselona” himoyachisi Nelson Semedu karantin qoidalarini buzdi

“Barselona” himoyachisi Nelson Semedu karantin qoidalarini buzdi


“Barselona” himoyachisi Nelson Semedu La Liga tiklanishi oldidan musobaqa protokolini buzdi, deya xabar bermoqda Diario Sport.

26 yoshli portugaliyalik futbolchi 8-iyun kuni 20 dan ortiq odam to‘plangan tug‘ilgan kun bayramida ishtirok etgan.

Semedu Barselona provinsiyasining Kasteldefels shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda boshqa ishtirokchilar singari, tibbiy niqob taqmagan va ijtimoiy masofa saqlamagan.

Nelson Semedu shu tariqa hukumat va Ispaniya Futbol Ligasi tavsiyalariga amal qilmagan. Hudud ma’muriyati 15 kishidan ortiq odam to‘plangan joyga bormaslikni so‘ragan bo‘lsa, La Liga futbolchilardan atrofdagi insonlar bilan aloqalarni cheklashga chaqirgan.

Kataloniya klubidagi manbaning nashrga ma’lum qilishicha, “ko‘k-anorranglilar” Semeduning bu tadbirda qatnashishini bilmagan. “Barselona” ushbu masalani klub ichida hal qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan La Liga o‘yinlari 11-iyun sanasidan davom ettiriladi. “Barselona” 13-iyun kuni “Malyorka” maydoniga safar qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют