» » O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi


Qonunchilik palatasi deputati va “Yuksalish” umumilliy harakati raisi Akmal Burhonov “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berdi.

Deputatning yozishicha, shu kunlarda Qonunchilik palatasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu mavzu dolzarb bo‘lganligi uchun Akmal Burhonov loyihada taklif etilayotgan bir qator muhim o‘zgarishlarni keltirib o‘tgan:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun 2018-yil oktabr oyida kuchga kirgan edi. 2019-yil kuzidan beri Human, Korean and migrations va boshqa xususiy bandlik agentliklarining rahbarlariga nisbatan firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi (ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizta agentlikka qarshi jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan).

Xususiy bandlik agentliklari muammosi 2019-yil dekabrida Oliy Majlis Senatida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Xususan, senator Farrux Dadaxo‘jayev migrantlarning mablag‘larini himoya qilish mexanizmi yo‘qligi uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini tanqid qilib, agentliklar bilan bank hisob-kitoblarini akkreditiv asosida olib borishni taklif qilgan edi.

O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunga o‘zbekistonliklarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha vijdonsiz xizmat ko‘rsatilishidan himoya qila oladigan tuzatishlarni kiritish niyatini bildirgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют