» » Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi


O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani pasaytirishi haqida xabar berilgandi. Markaziy bank boshqaruvining 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi. 11-iyun kuni asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilindi va u 15 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Markaziy bank xabarida bildirishicha, ushbu qaror inflyatsiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

Pandemiya sharoitida aholi tomonidan asosan oziq-ovqat va dori-darmon tovarlariga ehtiyoj yuqori bo‘ldi va bir vaqtning o‘zida nooziq-ovqat tovarlari sotib olish hajmi kamaydi hamda bu o‘zgarishlar iste’mol narxlari indeksida ham o‘z aksini topdi.

2020-yil aprel oyida pandemiya ta’sirida inflyatsiya 1,7 foizni tashkil etdi va bu asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalariga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi va unga bozor narxlarining moslashishi bilan izohlanadi.

Shuningdek, may oyida narxlarning umumiy darajasi ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining pasayishi, pandemiyaga qarshi cheklov choralarining yumshatilishi va iqtisodiy faollikning asta-sekin tiklanishi hisobiga nisbatan barqarorlashdi. Joriy yilning may oyida narxlar 0,3 foizga o‘sib, yillik inflyatsiya 14 foizni tashkil etdi va prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi.

“Markaziy bank inflyatsiya prognozining pasayishidan kelib chiqqan holda, keyingi yig‘ilishlarda asosiy stavka darajasini pasaytirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida ham hukumat bilan birgalikda 2023-yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют