» » Xitoyda Haval brendining yangi yo‘ltanlamasi “katta it” deya nomlandi

Xitoyda Haval brendining yangi yo‘ltanlamasi “katta it” deya nomlandi


Xitoyning Haval avtomobil brendi bunga qadar shartli B06 nomi bilan ma’lum bo‘lgan yangi yo‘ltanlamasiga alohida nom tanlash bo‘yicha o‘tkazgan tanlovi natijalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, eng ko‘p ovozni (32 525) “katta it” deya tarjima qilnuvchi variant to‘plagan, deb yozadi Drive2.

Ovoz berish jarayonlari Xitoydagi mashhur WeChat onlayn-platformasida bo‘lib o‘tgan.

Kompaniyadagilar “yangi yo‘ltanlamas xarid qilish — oilada sodiq va yoqimtoy to‘rt oyoqli do‘stning paydo bo‘lishi”ga o‘xshagani sabab ushbu nomni ma’qul ko‘rgan.

“Kelajakda brendning nomi hayvonlarga bog‘liq boshqa modellari paydo bo‘lishi istisno etilmaydi”, — deb yozadi Xitoy ommaviy axborot vositalari.

Yangi yo‘ltanlamas nomiga eng yaqin uning inglizcha muqobili — bu Big Dog. Biroq kompaniya eksport versiyasi uchun ushbu nomdan foydalanadimi, bunisi noma’lum.

Ta’kidlanishicha, “katta it” dizayni ustida Jaguar Land Rover’ning sobiq stilisti Fil Simmons ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют