» » O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon Mudofaa vazirligi tomonidan qancha hudud dezinfeksiya qilingani ochiqlandi

O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon Mudofaa vazirligi tomonidan qancha hudud dezinfeksiya qilingani ochiqlandi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash boshlanganidan 8-iyun kuniga qadar Mudofaa vazirligining yig‘ma batalyon va otryadlar kuchlari 309 ta maxsus texnika, 11 089 ta dezinfeksiya apparati va 13 052 kishini jalb qilgan holda 20 ta shahar va viloyatdagi 36 ta tuman markazlarida dezinfeksiya ishlarini olib bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov 11-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Respublika miqyosida 49 998 ta obyektda jami 36 108 840 kvadrat metr maydon dezinfeksiya qilindi. Bu jarayonga 6562 kilogramm, jumladan, Toshkent shahri uchun 2639 kilogramm dezinfeksiyalovchi vosita sarflandi.

O‘rtacha hisobda bir kunda 700 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют