» » Qo‘shko‘pirda bir ayolni “samosud” qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

Qo‘shko‘pirda bir ayolni “samosud” qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda 11-iyun, payshanba kuni Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida bir necha ayol boshqa bir ayolni urib, sochlarini kesib “samosud” qilgani aks etgan video tarqaldi.

Xorazm viloyati IIB tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu videolavha viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, videodagi holat 2020-yil 9-iyundan 10-iyunga o‘tar kechasi Qo‘shko‘pir tumanida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining shu kuni hudud profilaktika inspektoriga qilgan murojaati asosida IIB navbatchilik qismida belgilangan tartibda hisobga olinib, surishtiruv ishlari boshlangan.

Holatga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan, uni telefonda videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan erkakning ham shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют