» » Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi

Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi


Og‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua va WBC chempioni Tayson Fyuri o‘zaro jang o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Joshuaning promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.

“Biz ulkan muvaffaqiyatga erishdik. Biroq oldindagi ko‘plab masalalarni hal qilish zarur. Hozirda jang o‘tkazish mumkin bo‘lgan turli joylar va sanalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Entoni Joshua va Tayson Fyuri moliyaviy tomonlarni kelishib oldi.

Ikkisi ham jang qilishga rozi. Ikkita jang bo‘ladi. Birinchi jang keyingi yili bo‘lib o‘tishi mumkin, ya’ni 2021-yilda”, — deydi Eddi Hirn.

Joshua avvalgi jangini 2019-yilning dekabrida Endi Ruisga qarshi o‘tkazgandi. Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan revansh jangida britaniyalik bokschi kamarlarini qaytarib olgandi.

Fyuri esa 2020-yilning fevralida Deontey Uaylderni taslim etgan holda Jahon chempioniga aylangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют