» » O‘zbekistonda 11-iyun kuni 118 kishida koronavirus aniqlandi, 105 kishi kasallikdan sog‘aydi

O‘zbekistonda 11-iyun kuni 118 kishida koronavirus aniqlandi, 105 kishi kasallikdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 10-iyun soat 23:00 dan 11-iyun 23:00 gacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 118 ta holat qayd etildi.

Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. SSV ular Karantin muassasasida bo‘lganini qayd etmoqda.

Aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilishi hali hamon yuqori bo‘lib turibdi. 11-iyunda bu borada oxirgi uch kundagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Aholi orasida 9-iyun kuni 25, 10-iyun kuni 27 kishida koronavirus aniqlangandi.

Navoiy viloyatida bir kun avval bironta ham yangi kasallanish holati qayd etilmagandi, 11-iyunda esa bir yo‘la aholi orasida 18 ta kasallikka chalinish holati qayd etildi. Ushbu viloyatda ikki kun avval ham aholi orasida kasallik yuqtirib olish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlangandi.

Toshkent shahri esa 10-iyunni hisobga olmasa, aholi orasida yangi kasallanganlar soni so‘nggi kunlarda 10 nafardan oshiq bo‘lmoqda (10-iyunda 7 ta, 9-iyunda 11 ta, 8-iyunda 54 ta, 7-iyunda 195 ta).

11-iyun davomida 105 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4741 nafar bemordan 3637 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1085 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 458 539 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 411 033 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 923 nafar, statsionar karantinda esa 23 583 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют