» » Klint Istvud 2015-yilda Yevropada oldi olingan terakt haqida film suratga oladi

Klint Istvud 2015-yilda Yevropada oldi olingan terakt haqida film suratga oladi


Amerikalik aktyor, rejissor va prodyuser Klint Istvud 2015-yilning yozida Parijga yo‘l olgan tezyurar poyezdidagi teraktning oldini olishga yordam bergan uch amerikalik haqida navbatdagi filmini suratga oladi. The Hollywood Reporter jurnalining ma’lum qilishicha, kartina Warner Bros. studiyasida suratga olinadi, deb yozadi “TASS”.

Film uchun The 15:17 to Paris: The True Story of a Terrorist, a Train and Three American Heroes  (15:17 da Parijga: Terrorchi, poyezd va 3 amerikalik qahramon haqida haqiqiy hikoya) asari asos bo‘ladi. Kitob Thalys tezyurar poyezdida bo‘lib o‘tgan voqealarning ishtirokchilari — uch o‘rtoq: Entoni Sedler, Alek Skarlatos va Spanser Stounning xotiralarini o‘zida aks ettirgan.

2015-yilning avgustida Marokashning 26 yoshli fuqarosi Ayub al-Kazzaniy Amsterdamdan Parijga kelayotgan tezyurar poyezd vagonida odamlarga qarata o‘t ochadi. Ekstremist poyezd jamoasi a’zolari va yo‘lovchilar tomonidan tezda zararsizlantiriladi. Ular orasida uch amerikalik ham bor edi. Ularning yordamisiz terrorchi ko‘proq yo‘lovchini o‘ldirishi mumkin edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют