» » Yevropa Ittifoqi Shengen mamlakatlariga 15-iyundan ichki chegaralardagi cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi

Yevropa Ittifoqi Shengen mamlakatlariga 15-iyundan ichki chegaralardagi cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi


Yevropa komissiyasi Shengen mamlakatlari ichki chegaralarida 15-iyundan boshlab cheklovlarni olib tashlash mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda Yevropa komissiyasining ichki ishlar bo‘yicha a’zosi Ilva Yoxanson ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Yoxanson Bryusselda 11-iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Biz bu mamlakatlarga ichki chegaralarda dushanba kunidan boshlab cheklovlarni olib tashlashni taklif qilamiz”, degan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mamlakatlarda epidemiologik vaziyat yetarli darajada yaxshilangan. Ularning barchasi Yevrokomissiya tomonidan tavsiya qilingan ehtiyot choralarini qo‘llamoqda va bu cheklovlarni olib tashlashga imkon beradi.

Uning qayd etishicha, tashqi chegaralardagi vaziyat ham muhokama qilingan va Yevropa komissiyasi Ittifoqning tashqi chegaralari orqali majburiy bo‘lmagan safarlarga 15-iyungacha qo‘yilgan taqiqni yana ikki haftaga — 30-iyungacha uzaytirish haqidagi fikrga kelgan.

“Bu cheklovlarni hozircha birdaniga olib tashlab bo‘lmaydi. Buni bosqichma-bosqich amalga oshiramiz”, — dedi Yoxanson.

Buning uchun epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Yevropa Ittifoqi bilan 1-iyundan chegaralarini ochishni boshlaydigan mamlakatlarning yangilangan ro‘yxati tuziladi.

Yevrokomissarning bildirishicha, tashqi chegaralarda cheklovlarni olib tashlashda uchta omil hisobga olinadi. Ma’lum bir mamlakat uchun cheklovlarni olib tashlash haqidagi qaror mazkur mamlakatdagi epidemiologik vaziyat va uning koronavirus epidemiyasiga qarshi reaksiyasiga, safarlar vaqtida koronavirus tarqalishining oldini olish choralarining qo‘llanilishini ta’minlay olish imkoniyatiga, shuningdek, mazkur mamlakat tomonidan Yevropa Ittifoqiga safarlarga qo‘yilgan cheklovlarning olib tashlanishiga asoslanishi kerak.

Yevrokomissiya tavsiyalarida aytilishicha, ba’zi mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi vaziyat tahlikali bo‘lib qolayotganini hisobga olgan holda komissiya mazkur bosqichda bu mamlakatlar uchun safarlarga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni taklif qilmaydi.

Komissiya fikricha, cheklovlarni dastlab epidemiologik vaziyati Yevropa Ittifoqidagi o‘rtacha vaziyat bilan bir xil bo‘lgan va virusga qarshi kurash uchun yetarlicha imkoniyatga ega mamlakatlardan olib tashlash kerak bo‘ladi. Vaziyat Yevropa Ittifoqidagidan yomonroq bo‘lgan davlatlar uchun cheklovlar o‘z kuchida qolishi kerak, deb hisoblaydi Yevropa komissiyasi.

Avvalroq dunyoda karantin cheklovlarini bekor qilayotgan mamlakatlar soni ortib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют