» » Xitoyda bir sutkada 7 kishida, Janubiy Koreyada esa 43 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutkada 7 kishida, Janubiy Koreyada esa 43 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 7 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 1 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 4 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan. Mamlakatda umumiy hisobda 83 064 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 365 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 65 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 1 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 104 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 56 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 003 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, kasallanganlarning 43 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 13 nafari chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 15 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 669 nafarga yetdi. Kasallikdan yana bir kishi vafot etib, qurbonlar soni 277 kishiga yetdi.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 1,08 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Italiyalik virusolog koronavirus zaiflashayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют