» » O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar 1 mln kishiga yaqinlashib qoldi

O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar 1 mln kishiga yaqinlashib qoldi


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistonda 12-iyun holatiga ko‘ra koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra,  4 819 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Shundan 3637 nafar (75 foiz) bemor sog‘aygan, 1163 nafari davolanishda davom etmoqda.

11-iyun kuni mamlakat bo‘yicha 118 ta kasallanish holati aniqlangan. Shundan 70 nafari karantin muassasasida, 39 nafari aholi orasida (Navoiy viloyatida 18 ta, Toshkent shahrida 17 ta, Namangan viloyatida 3 ta hamda Toshkent viloyatida 1 ta), 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Shu kuni 105 nafar bemor sog‘ayib, shifoxonadan chiqqan.

Virusologik laboratoriyalarda koronavirusni aniqlash bo‘yicha oxirgi bir kunda — 17 086 ta, epidemiya davomida — 865 072 ta test sinovlari o‘tkazilgan. 5-iyun kuni bunday testlardan 748,5 mingta o‘tkazilgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha talablarga rioya qilgan holda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari rahbarlari tomonidan imzolanadigan shartnoma asosida 2020-yil 1-sentabrga qadar koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning kim bilan muloqot qilganligini ko‘rsatuvchi mobil ilova joriy etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют