» » Vladimir Zelenskiyning rafiqasida koronavirus aniqlandi

Vladimir Zelenskiyning rafiqasida koronavirus aniqlandi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskayada koronavirus aniqlandi. Bu haqda 12-iyun kuni Prezident ofisi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ukrainaning birinchi xonimining koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Shunga qaramay, o‘zini yaxshi his qilmoqda va unda kasallik belgilari kuzatilmayapti. Ayni paytda Yelena Zelenskaya boshqa oila a’zolaridan ajratilgan holda ambulatoriya sharoitida davolanmoqda.

Vladimir Zelenskiyning o‘zi va farzandlari ham testdan o‘tgan bo‘lib, ularda virus aniqlanmagan.

Ta’kidlanishicha, birinchi xonim uyda va ishchi uchrashuvlarda Sog‘liqni saqlash vazirligining karantin qoidalari va tavsiyalariga doim rioya qilgan, COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha testdan muntazam o‘tib turgan. Iyun oyida o‘tkazilgan test natijalari salbiy chiqqan.

U qachon va qayerda virus yuqtirib olgani hozircha noma’lum — epidemiologik tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yelena Zelenskaya bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi infeksiya xavfi haqida xabardor qilingan. Ularga ham o‘zlarini izolyatsiya qilish va imkon qadar testdan o‘tish tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Vladimir Zelenskiy xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun koronavirusni yuqtirishga tayyorligini bildirgandi.

Ayni paytda Ukrainada qariyb 30 ming kishida koronavirus aniqlangan, 870 kishi kasallik asoratlaridan vafot etgan.

Mavzuga doir: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy karantin vaqtida kafega borgani uchun jarimaga tortilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют