» » Sayyor qabul: Yakkasaroy tumani aholisidan Prezident virtual qabulxonasiga 6654 ta murojaat kelib tushgan

Sayyor qabul: Yakkasaroy tumani aholisidan Prezident virtual qabulxonasiga 6654 ta murojaat kelib tushgan


Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli soha rahbarlariga murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi Xalq bilan muloqot sahifasida xabar berildi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga binoan tashkil etilgan ochiq muloqotda sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, markaziy idora va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari rahbarlari, Toshkent shahri va Yakkasaroy tumani hokimliklarining mas’ul xodimlari fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularni joyida hal etishga harakat qildi. Qo‘shimcha o‘rganish zarur, deb topilgan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani aholisidan 2017 yilning 20 aprel holatida jami 6654 ta murojaat kelib tushgan.

Ularning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning ta’mirga muhtojligi masalasi bo‘yicha bo‘lib, 1094 ta murojaat  kelib tushgan. Bundan tashqari, bank-moliya va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha 581 ta, sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 514 ta, moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 385 ta, fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish masalalari bo‘yicha 354 ta, sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo‘yicha 317 ta, mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 252 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 2177 tasini bevosita Yakkasaroy tumani hokimligi vakolatiga taalluqli masalalar tashkil etadi. Tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash to‘g‘ri tashkil etilmagani, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilish ishlariga malakali kadrlar jalb etilmagani hamda tahlil ishlari yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida fuqarolarning shikoyat va arizalariga qonunda belgilangan muddatda javob berish shartlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Hozirgi kunda 145 ta muddati o‘tgan murojaat mavjud bo‘lib, shundan 42 tasi 2016 yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan, 103 tasi esa joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida kelib kelib tushgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют