» » Sirdaryoda 26 km yo‘lga asfaltobeton yotqizildi. Bu yo‘llar suv toshqinidan zarar ko‘rgandi

Sirdaryoda 26 km yo‘lga asfaltobeton yotqizildi. Bu yo‘llar suv toshqinidan zarar ko‘rgandi


Sirdaryo viloyatining 1-maydagi suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarida yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlash va tiklash ishlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov 12-iyun kuni tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llardagi 2991 dona yo‘l o‘rtasidagi ajratuvchi va yo‘l chetidagi himoyalovchi to‘siqlar qayta tiklangan, 26 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘lida asfaltobeton yotqizilgan.

“Shuningdek, oltita ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilgan”, — deya qo‘shimcha qildi Murod Sodiqov.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan. Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 20 ta 800 xonadonli va “Navbahor” mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют