» » Eto’O: “Mourinyo janjalkash emas. U futboldagi eng yaxshilardan biri”

Eto’O: “Mourinyo janjalkash emas. U futboldagi eng yaxshilardan biri”


Milanning “Inter” klubi sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mourinyo – birinchi navbatda yaxshi do‘st. U – judyam samimiy inson, agar unga nimadir yoqsa, darhol buni sizga aytadi. Ikkimizning xarakterlarimiz o‘xshash edi, shu bois bir-birimizni yaxshi tushunardik.

Mourinyo — men futbolda uchratgan yaxshilardan biri. Ko‘pchilik uni janjalkash deb ataydi, lekin bu yolg‘on.

Joze – top darajadagi murabbiy. Uning faqat natija haqida o‘ylashi boshqa mavzu. U futbolni boshqacha ko‘radi va aynan shu jihati bilan birinchi raqamlidir. Mourinyoning o‘yinida uni yengib bo‘lmaydi.

Mourinyo – g‘olib va tug‘ma yetakchi. U sizga kerakli so‘zlarni ayta oladi. U ajoyib inson”, — deydi Eto’O.

Ma’lumot uchun, Eto’O va portugaliyalik mutaxassis bilan “Inter”da 2009—2010-yillarda birga ishlagan. O‘sha mavsumda “Inter” treblni amalga oshirib, Italiya chempionati, Kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgandi.

Mavzuga doir: 

Ramosdan Azargacha. Joze Mourinyo bilan murosa qilolmagan futbolchilar haqida

Eto’O: “Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. U 70 yoshigacha o‘ynashi kerak”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют