» » La Liga karantin qoidalarini buzgan Nelson Semeduga “Barselona” mashg‘ulotlarida qatnashishni taqiqladi

La Liga karantin qoidalarini buzgan Nelson Semeduga “Barselona” mashg‘ulotlarida qatnashishni taqiqladi


“Barselona” himoyachi Nelson Semeduning La Liga qarori bilan jamoa mashg‘ulotlariga kiritilmaganini ma’lum qildi.

Goal’ning yozishicha, futbolchi 19 kishilik tug‘ilgan bayramida ishtirok etgan. 26 yoshli portugaliyalik himoyachi bu bilan hukumat protokolini buzgan va ijtimoiy masofa saqlash qoidalarini buzgan. Bundan tashqari, ba’zimdagilarning hech qaysisi tibbiy niqobda bo‘lmagani aytilmoqda.

Natijada Semedu yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Endilikda u koronavirus uchun test topshirishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng tahlil natijalariga ko‘ra, uning keyingi mashg‘ulotlarda ishtirok etish, emasligi hal bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” tanaffusdan keyin dastlabki o‘yinini 13-iyun sanasida o‘tkazadi. Kataloniyaliklar o‘z maydonida “Malyorka”ni qabul qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют