» » Xo‘jaylidagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazini ta’mirlash jarayonida 189 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Xo‘jaylidagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazini ta’mirlash jarayonida 189 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazini ta’mirlash ishlari jarayonida 189,2 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, “T.” MChJ tomonidan Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlarida ushbu korxona va markaz mansabdor shaxslari amalda qurilmagan 127,7 million so‘mlik garaj, 52,5 million so‘mlik hojatxona va boshqa bajarilmagan qurilish ishlarini hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali kiritgan. Shu tariqa, jami 189,2 million so‘m budjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 228 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют