» » O‘zbekistonda karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?

O‘zbekistonda karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?


O‘zbekistonda 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berildi. Shu sababli ko‘pchilikni karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi, degan savol qiziqtirmoqda. Bu savolga Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 12-iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda javob berdi.

“Buyum bozorlarida epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va kasallik keng tarqalishining oldini olish uchun barcha zaruriy profilaktik choralar ko‘riladi. Jumladan, buyum bozorlari xar kuni ish boshlashidan oldin va ish vaqti tugaganidan so‘ng dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion ‘to‘shak’lar bilan jihozlanishi asosiy talablardan biridir”, — deydi Botir Qurbonov.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, buyum bozorlarining har birida alohida-alohida do‘konlarning bo‘lishi va ularda oraliq masofani, ya’ni sotuvchi va xaridor o‘rtasida masofani saqlagan holda savdo qilinishi, bu jarayonda hamma tibbiy niqob va qo‘lqoplarda bo‘lishi, qo‘llarini tez-tez zararsizlantirib turishi talab etiladi.

Shu bilan birga mas’ullar do‘konga kirishdan oldin har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan hamda tibbiy niqobsiz yurgan shaxslarni buyum bozorlari hududiga kiritmaslik (ushbu fuqarolarni alohidalash va 103 raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat etish) choralarini ko‘rishlari lozim.

“Kichik do‘konlarga bir nechta xaridorning zich bo‘lib kirib olishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bunda har bir do‘konning maydonidan kelib chiqqan holda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlagan holda xaridorlar kiritilishi, me’yordan ortiqlari tashqarida oraliq masofani saqlagan holda kutib turishlari talab etiladi”, — dedi Botir Qurbonov.

Shuningdek, respublikaning qaysi rangli hududlarida bo‘lishidan qat’i nazar, fuqarolarni niqobda yurishga, karantin va sanitariya qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-may kuni bozorlar xodimlarini ommaviy testdan o‘tkazish jarayonida Toshkentdagi “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchilarning birida koronavirus aniqlanib, bozor vaqtinchalik yopilgandi, 30-may kuni sotuvchining o‘g‘li va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. 1-iyun kuni esa “O‘rikzor”dagi yana bir sotuvchida va Yunusoboddagi do‘kon sotuvchisida koronavirus aniqlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda niqob taqmasdan yursa bo‘ladimi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют