» » Sho‘rchi tibbiyot kolleji direktori o‘qishga kiritish uchun 200 dollar pora olgan vaqtida ushlandi

Sho‘rchi tibbiyot kolleji direktori o‘qishga kiritish uchun 200 dollar pora olgan vaqtida ushlandi


Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan Sho‘rchi tibbiyot kolleji direktori o‘qishga kiritish uchun bir fuqarodan 200 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kollej direktori pora bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, Sho‘rchi tibbiyot kolleji direktori S.S. fuqaro A.N.ni kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga to‘lov kontrakti uchun 4,5 million so‘m hamda o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun 200 dollar so‘ragan. Direktor mazkur pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют