» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev 12-iyun, juma kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Ardent foods mas’uliyati cheklangan jamiyat korxonasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur shirkat bo‘sh turgan binolar negizida yangi subyektlar tashkil etish va ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan siyosat natijasida tashkil qilingan.

“Loyiha qiymati 77 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan korxona ikkita liniyadan iborat. Birida yigirmaga yaqin qandolat mahsulotlari, ikkinchisida tez pishadigan ovqat ingrediyentlari ishlab chiqarilmoqda. 150 kishi ish bilan ta’minlangan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 

Korxona ishlab chiqargan mahsulot Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilinadi. Yangi eksport bozorlarini ochib, 2020-yil yakunida eksport hajmini 45 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezident korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahsulotlar turini ko‘paytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют