» » Xiaomi Mi Band 5 fitnes-bilaguzugini taqdim etdi. U bir marta quvvatlantirish bilan 1 oy ishlaydi

Xiaomi Mi Band 5 fitnes-bilaguzugini taqdim etdi. U bir marta quvvatlantirish bilan 1 oy ishlaydi


Xiaomi kompaniyasi ko‘plab jihatlari bilan Mi Band 4’dan yaxshiroq bo‘lgan yangi avlod fitnes-bilaguzugini taqdim etdi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Umuman olganda, Mi Band 5’ning tashqi ko‘rinishi jiddiy o‘zgarmagan — bilaguzuk kapsula shaklida bo‘lib, maxsus tasma yordamida qo‘lga taqiladi. U o‘z egasining qadamini sanashi, pulsini kuzatishi, mashg‘ulotlar natijasini qayd etib borishi va boshqa ko‘plab vazifalarni bajarishi mumkin.

Yangi bilaguzukning OLED-displeyi hoshiyalar hisobiga 0,95 dan 1,2 dyuymga qadar kattalashgan. Shuningdek, Xiaomi dastlabki quvvatlovchi moslama o‘rniga magnit konnektordan foydalangan bo‘lib, u kontakt maydongacha qotiriladi — bu bilaguzukni tasmadan yechmasdan turib quvvatlantirish imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, Mi Band 5 bir marta quvvatlanish orqali 3-4 hafta ishlay oladi.

Monitoring tizimida ham yangi funksiyalar paydo bo‘lgan. Bilaguzuk atmosfera bosimini va qondagi kislorod darajasini kuzatadi. Shuningdek, Mi Band 5 uy borasida ancha aniq va to‘liq statistika bera oladi. Sport va jismoniy faollik turlari ro‘yxati 11 ta pozitsiyaga qadar ko‘paytirilgan.

Mi Band 5 interfeys va siferblatlar dizayni borasida 100 ta standart variantga ega bo‘lgan. Shuningdek, bilaguzuk tasmalarining rangi ham ko‘paygan.

Yana bir kichik funksiya — smartfon kamerasini boshqarish. Bilaguzuk yordamida masofadan turib suratga olish mumkin. Yangi Mi Band 5’ning narxi 189 yuanni (26,6 dollar) tashkil etadi.

Avvalroq Xiaomi Mi Band 5 Google Pay bilan hamkorlikdagi NFC moduliga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют