» » Aholisining 31 foizi mehnat migranti bo‘lgan So‘xda pandemiya sababli 14 mingga yaqin kishi ishsiz qolgani ma’lum qilindi

Aholisining 31 foizi mehnat migranti bo‘lgan So‘xda pandemiya sababli 14 mingga yaqin kishi ishsiz qolgani ma’lum qilindi


Farg‘ona viloyati So‘x tumani aholisining 31 foizi xorijiy mamlakatlarda mehnat migranti bo‘lib ishlaydi. Bu haqda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ma’lum qildi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, Chashma bulog‘ida ro‘y bergan mojarodan so‘ng barcha vazirliklar tumandagi har bir mahallada piyoda yurib, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni o‘rgandi, aholining dardini eshitdi. Og‘riqli nuqtalar aniqlanib, ularning takliflari asosida dastur ishlab chiqildi.

Ta’kidlanishicha, tumanda aholi bog‘dorchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Aholining 31 foizi xorijiy mamlakatlarda migrant bo‘lib ishlaydi. Koronavirus pandemiyasi sababli tumanda 14 mingga yaqin aholi ishsiz qolgan.

Bugungi kunda birinchi navbatda, ularni ish bilan ta’minlash, daromad topishiga ko‘maklashish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 500 nafardan ortiq so‘xlik Tashkent City’dagi qurilish obyektlarida ish bilan ta’minlanmoqda. Ularning barcha xarajatlarini davlat o‘z zimmasiga olmoqda. Tumanda boshlangan bunyodkorlik ishlarida esa elektr sohasida 200 nafar, qurilishda 300 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, tuman aholisini uzluksiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash — doimiy e’tibordagi masala. Viloyat markazidan olib kelinadigan asosiy mahsulotlar qo‘shni davlatning 80 kilometr chegarasini bosib o‘tadi.

Tumandagi katta bir muammolardan biri ichimlik suvi va yerlarni sug‘orish bilan bog‘liq. Hokimning bildirishicha, bu masala ham ijobiy yechimini topib, 90 foiz aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ishlari boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют