» » “Sport” telekanali “Paxtakor”ning “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinini jonli olib bermaydi

“Sport” telekanali “Paxtakor”ning “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinini jonli olib bermaydi


MTRKning “Sport” telekanali bugun — 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Toshkent derbisini jonli namoyish qilmaydi.

Ayni vaqtda poytaxt Toshkent badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Shundan kelib chiqib, “Sport” asosiy e’tiborini gimnastikaga qaratadi. Futbol uchrashuvi esa kechki efirda — 22:00 da yozib olingan holda namoyish etiladi.

“Sport” telekanalining “Daryo”ga yaqin manbasining ma’lumot berishicha, gimnastika bo‘yicha Jahon kubogini barmoqli bilan sanarli mamlakatlargina qabul qilib olgan. Shundan kelib chiqib, uning nufuzi Toshkent derbisidan ustunroq turadi.

Agar gimnastika musobaqasi muddatidan avvalroq yakuniga yetib qolsa, Toshkent derbisi jonli ko‘rsatilishi ham mumkin. Uchrashuv 18:00 da start oladi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют