» » Mirziyoyev Toshkent tumanining 200 gektar yerida Olmazor uchun yangi sanoat zonasi barpo etishni taklif qildi

Mirziyoyev Toshkent tumanining 200 gektar yerida Olmazor uchun yangi sanoat zonasi barpo etishni taklif qildi


Olmazor tumanidagi korxonalar faoliyati, yangi binolar va loyihalar bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida tuman faollari, nuroniylar bilan tumanda kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

Uchrashuvda 2020-yilda qiymati 3 trillion so‘m bo‘lgan 48 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. Bosh vazir o‘rinbosari to‘liq ishlatilmayotgan 12 ta davlat obyekti va ilgari xususiylashtirilib, hozir bo‘sh turgan 97 ta bino va yer maydonlari negizida yangi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflarini taqdimot qilgan.

Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Toshkent tumanining Olmazorga yaqin hududidan 200 gektar yer ajratib, yangi sanoat zonasi barpo etishni taklif qildi va u yerda tashkil etiladigan korxonalarda kamida 60 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют