» » Apple soatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida sun’iy ter yaratdi

Apple soatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida sun’iy ter yaratdi


Apple korporatsiyasi Apple Watch soatlarining inson terisi bilan ta’sirini o‘rganish maqsadidda sun’iy ter yaratdi. Bu haqda korporatsiyaning atrof-muhit himoyasiga bag‘ishlangan ishtirokini yorituvchi saytida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Meduza.

Apple’ning tushuntirishicha, zanglamaydigan po‘lat va boshqa qotishmalar tarkibiga nikel metalli kiradi. Ko‘plab odamlarda nikelga allergiya borligi sabab, kompaniya ushbu metall qanchalik tez vaqtda Apple Watch detalidan inson teriga tushishini tekshirmoqda.

Sinovda soat va uning alohida qismlari sun’iy ter joylashgan bankaga tushirilib, inson tana haroratini saqlab turuvchi inkubatorga joylanadi. Tasmalar bu kabi sharoitda bir hafta saqlanib, shundan so‘ng ularni o‘rganish boshlanadi.

Kompaniya sun’iy ter nimadan tashkil topganini ma’lum qilmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют