» » Andijonda yoshlar uchun tanlov e’lon qilindi. G‘oliblar uchun 2 mlrd so‘m ajratilgan

Andijonda yoshlar uchun tanlov e’lon qilindi. G‘oliblar uchun 2 mlrd so‘m ajratilgan


Andijon viloyatida 2020-yil 11-iyun kuni tadbirkorlik muhitini, startaplar ekotizimini rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida yoshlar o‘rtasida innovatsion yechimlar va onlayn startaplar tanloviga start berildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 21—22-may kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning eng yaxshi startap loyihalarini amalga oshirish uchun 2 milliard so‘m grant mablag‘i ajratilishi bo‘yicha topshiriq berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahridagi Digital City IT parkida viloyatdagi yosh tadbirkorlar va startapchi yoshlar ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etilgan. Uchrashuvda respublikada startap loyihalar yo‘nalishida yutuqlarga erishgan tajribali trenerlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilgan va shu kuni ushbu loyihaga start berilgan.

Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi axborot xizmati rahbari Javohir Abubakirovning aytishicha, uchrashuvda Yoshlar ittifoqi hamda Andijon viloyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boshqarmasi o‘rtasida memorandum imzolangan.

Memorandumga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan loyihalar Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan moliyalashtiriladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют