» » Farg‘onada qurilish obyektini olib berishi evaziga 5 ming dollar so‘ragan qishloq xo‘jaligi hisobchisi firibgarlik ustida ushlandi

Farg‘onada qurilish obyektini olib berishi evaziga 5 ming dollar so‘ragan qishloq xo‘jaligi hisobchisi firibgarlik ustida ushlandi


Farg‘onada tadbirkorga qurilish obyektini olib berishi evaziga 5 ming dollar talab qilgan qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hisobchisi firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh hisobchisi N.U. va boshqalar xususiy korxona rahbari N.dan boshqarma balansidagi buzilib ketgan Rishton tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosini qayta qurishni uning korxonasi topshirish evaziga 5 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.U. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) hamda 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют