» » O‘zbekistonda abituriyentlarning hujjat topshirish muddatlari va tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda abituriyentlarning hujjat topshirish muddatlari va tartibi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Shuningdek, barcha hududlarda:

Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Avvalroq O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlangani, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgani xabar berilgan edi. Abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют