» » O‘zbekistonda xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi

O‘zbekistonda xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi


O‘zbekiston Prezidentining “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020/2021-o‘quv yili qabulidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti ajratiladi.

Shuningdek, Prezident qarori bilan sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘qish muddati uch yil etib belgilandi. Qayd etilishicha, bu sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida amalga oshirildi.

Avvalroq O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5 025 nafar kvota ajratilgan. Magistratura bosqichiga esa 10 425 nafar kvota berilgan.

Shuningdek, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda alohida 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda abituriyentlarning hujjat topshirish muddatlari va tartibi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют