» » Bezorilik hamda politsiyaga hujum qilgani uchun chixuaxua hibsga olindi

Bezorilik hamda politsiyaga hujum qilgani uchun chixuaxua hibsga olindi


Shimoliy Irlandiyaning Kreygavon shahri politsiyasi chixuaxuani hibsga olishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi Meduza.

Kuchuk 19-aprel ertalabki soat 03:00 da ko‘chalar nazorati payti — u ko‘chani kesib o‘tayotganida topilgan. Politsiya xodimlari kuchukka Nayjel laqabini berdi.

“U ruxsat etilmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgani, bezoriligi va ikki marta politsiyachiga hujum qilgani uchun hibsga olindi”, — deya hazillashdi politsiya xodimlari.

Politsiyadagilar Facebook’da qoldirilgan post orqali chixuaxuaning egasini topishga umid bog‘lagan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Nayjel “kichkina jaxldor” va “politisyaga nisbatan juda jiddiy kayfiyatda” bo‘lgan. “Menga o‘zimning barmoqlarim juda yoqadi, ammo kuchuk yana bir kecha qoladigan bo‘lsa, barmoqsiz qolishim tayin”, — deb yozdi xodimlardan biri.

19-aprel kuni kechasi politsiyachilar kuchukning egasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Itning laqabi — Simba bo‘lib chiqdi. “U, shubhasiz, o‘zini sher deb o‘ylaydi”, — deya ta’kidladi politsiyadagilar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют