» » Superliga 90 kunlik tanaffusdan so‘ng yana qaytmoqda

Superliga 90 kunlik tanaffusdan so‘ng yana qaytmoqda


Koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga ham restart beriladi.

13-iyun, shanba kunidan Superliganing navbatdagi turi start oladi. Maxsus komissiya tomonidan 5-iyundan mamlakatning “yashil” toifali hududlarida Superliga va boshqa futbol musobaqalarini o‘tkazishga ruxsat berildi. Biroq PFL uzoq vaqt mashg‘ulotlar o‘tkazmagan klublarga mavsum restartiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdi.

13-iyun kunidan ikkita uchrashuv o‘rin olgan. Tur bahslarini “Bunyodkor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ochib beradi. Har ikki jamoa ham mavsumni yomon boshlamadi: uch o‘yinda ikkita g‘alaba.

Yana bir uchrashuvga Navoiy shahri mezbonlik qiladi. Unda “Qizilqum” o‘zida OKMKni qabul qiladi. Mavsumni juda omadsiz boshlagan “Qizilqum” yangi murabbiy qo‘l ostida maydonga tushadi. Tachmurod Agamurodov ushbu oy boshida jamoani qabul qilib olgandi. Mirjalol Qosimov shogirdlari esa joriy mavsumda mag‘lubiyatga uchramagan uch jamoadan biri bo‘lib turibdi.

14-iyun, yakshanba kunida ham ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Musobaqa peshqadami — “Paxtakor” safarda “So‘g‘diyona” bilan bahs yuritadi. Turning markaziy uchrashuvi esa Qarshida bo‘lib o‘tadi. Unda “Nasaf” Namanganning “Navbahor” jamoasini imtihondan o‘tkazadi.

15-iyun, dushanba kuni turning qolgan uchta o‘yini o‘tkaziladi. “Surxon” o‘zida “Mash’al”ni qabul qiladi. Joriy mavsum birorta ham ochko to‘play olmagan yagona jamoa — “Buxoro” esa “Andijon”ni mehmon qiladi. Andijonliklar ham tanaffus vaqtida o‘zgarishlarga qo‘l urdi, jamoaga Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Turni yakunlab beruvchi bahs “Lokomotiv” va “Metallurg” o‘rtasida kechadi. Mazkur o‘yin avvaliga Bekobodda o‘tishi belgilangandi, biroq shaharning “qizil” hududga kirgani bois o‘yin Toshkentga ko‘chirilgan.

Barcha uchrashuvlar jonli efirga uzatiladi.

Superliga

4-tur bahslari

13-iyun, shanba

19:00. “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”| “Sport TV”

20:00. “Qizilqum” — OKMK | “Mahalla”

14-iyun, yakshanba

18:00. “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” | “Sport TV”

20:00. “Nasaf” — “Navbahor” | “Sport TV”

15-iyun, dushanba

18:00. “Surxon” — “Mash’al” | “Dunyo bo‘ylab”

18:30. “Buxoro” — “Andijon” | “Sport TV”

19:00. “Lokomotiv” — “Metallurg” | “Mahalla”.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют