» » O‘zbekistonda keyingi o‘quv yilidan faqat davlat granti kvotalari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi

O‘zbekistonda keyingi o‘quv yilidan faqat davlat granti kvotalari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi


O‘zbekistonda Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Bu haqda “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar:

Avvalroq O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5 025 nafar kvota ajratilgan. Magistratura bosqichiga esa 10 425 nafar kvota berilgan.

Xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi. Shuningdek, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda alohida 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют