» » Key-Liga. Jamshid Iskandarov jamoasi so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradi

Key-Liga. Jamshid Iskandarov jamoasi so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 6-turida “Sonnam” jamoasi 13-iyun, shanba kuni “Ulsan Hyonday” maydoniga safar qildi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda hisob so‘nggi daqiqalarga kelib ochildi. 88-daqiqada maydon egalarining braziliyalik legioneri Junior Negao qanotdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, uchrashuv taqdirini hal qilib berdi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jamshid Iskandarov to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa “Ulsan” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda musobaqa peshqadamiga aylandi. Ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Sonnam” esa 8 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Key-Liga

6-tur bahsi

13-iyun, shanba

Gol: 1:0 — 88 Negao.

“Ulsan Hyonday”: Jo Hyon U, Sol Yon U, Kim The Hvan, Jon Shin Hyon, Devidson, Byulteys, Ko Myon Jin (Li Don Kyon, 57), Shin Jin Ho (Yonsen, 71), Von Du Je, Kim In Son, Junior Negao.

“Sonnam”: Kim Yon Gvan, Chhve Ji Muk, Li Te Hvi, Yon Je Un, Chhve O Bek (Yu In Su, 90), Kim Don Hyon, Iskandarov, Li Chan Yon, Pak Su Il (An Yon Gyu, 72), Li Je Von, Yan Don Hyon (Hon Shi Hu, 75).

Ogohlantirishlar: Pak Su Il (27), Li Je Von (51), Li Chan Yon (62), Kim In Son (68).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют