» » Qoraqalpog‘istonda qisqa tutashuv sabab Damas yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda qisqa tutashuv sabab Damas yonib ketdi


12-iyun kuni soat 11:44 da Qonliko‘l tumani hududidan o‘tuvchi G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu A380 avtomobil yo‘lida Damas rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ichida ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan Damas avtomashinasini 29 yoshli A.Y. boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lning 847-kilometrida avtomobilning dvigatel qismidagi simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Qonliko‘l tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV YHXBB barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni va nosoz transport vositasini boshqarmaslikni so‘raydi.

Avvalroq Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют