» » Masharipovdan Golbangacha. Superliganing eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa

Masharipovdan Golbangacha. Superliganing eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa


Koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida to‘xtab qolgan Superliga bahslari uch oylik tanaffusdan so‘ng davom etadi.

13-iyun kuni musobaqaning 4-turi boshlab beriladi. Mavsum restartidan avval O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’tiboringiz havola etamiz.

Transfermarkt ma’lumotlari asosida tuzilgan mazkur ramziy terma jamoadan 8 nafar “Paxtakor” futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, bir nafardan “Navbahor”, OKMK va “Lokomotiv”ning legioner futbolchilari terma jamoadan o‘rin oldi. Uning umumiy qiymati 8,45 million yevroga teng bo‘ldi.

Ramziy terma jamoadagi eng qimmat o‘yinchi “Paxtakor” qanot hujumchisi Jaloliddin Masharipov bo‘ldi. Nemis portali futbolchini 1,4 million yevroga baholagan.

Superliganing eng qimmat o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoa:

Darvozabon: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”), Igor Golban (“Navbahor”), Yegor Krimets (“Paxtakor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Yovan Jokich (OKMK), Kaxi Maxaradze (“Lokomotiv”), Odil Hamrobekov (“Paxtakor”);

Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”).

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют