» » O‘zbekistonda matematika yo‘nalishidagi magistrlarning barchasi davlat grantida o‘qiydigan bo‘ldi

O‘zbekistonda matematika yo‘nalishidagi magistrlarning barchasi davlat grantida o‘qiydigan bo‘ldi


“2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qarorga ko‘ra, Matematika ta’lim sohasi bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantiriladi.

Ma’lum qilinishicha, davlat oliy ta‘lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, magistraturaga hujjatlar 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab:

Avvalroq O‘zbekiston OTMlarining magistratura bosqichiga 10 425 nafar kvota ajratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi. Shuningdek, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda alohida 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda keyingi o‘quv yilidan faqat davlat granti kvotalari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют